Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyaliklar bosh vazir maoshini qisqartirish tarafdori

Britaniyaliklar bosh vazir maoshini qisqartirish tarafdori

Foto: «Reuters»

Buyuk Britaniya aholisining ko‘pchiligi koronavirus pandemiyasi sababli mamlakat bosh vaziri Boris Jonson o‘z maoshini qisqartirishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda «Daily Mail» nashri xabar bergan.

So‘rovnomada ishtirok etganlarning 75 foizi ushbu javob variantini tanlashgan. Ularning fikricha, Britaniya hukumati rahbari London hokimi Sodiq Xondan o‘rnak olib, o‘zining hamda boshqa vazirlarning maoshini 10 foizga qisqartirishi lozim.

Shunga qaramay, so‘rovnoma ishtirokchilarining 13 foizi bunga zarurat yo‘qligini, 11 foizi esa javob berishga qiynalganini bildirishgan.

O‘tgan hafta London hokimi Sodiq Xon koronavirus pandemiyasi sababli shahar budjeti xarajatlarini kamaytirish maqsadida o‘z maoshini 10 foizga qisqartirgani to‘g‘risida xabar bergandik. Uning maoshi yiliga 152,734 ming funt sterlingni tashkil etardi. Shu tariqa, 2020-yilda Xon 15,3 ming funt sterling kam maosh oladigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring