Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu ne sinoat: 2 ming yillik qabrni hech kim ocholmayapti?

Bu ne sinoat: 2 ming yillik qabrni hech kim ocholmayapti?

Foto:«Haber 7»

Misr shimolidagi Iskandariya shahrida arxeologik qazilmalar asnosida granit marmarli qabr topildi. Lekin uni hech kim ocholmayapti. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Olimlar bu qabr Iskandariyada topilgan eng katta qabr ekanini aytishmoqda.

Balandligi 185 santimetr, kengligi 165 va 265 santimetr bo‘lgan lahad miloddan avvalgi 305 hamda 30 yillarda hukmronlik qilgan Ptolemey qirolligiga oid ekani taxmin etilyapti.

Qabr ustidagi suvoqning buzilmagani uning 2 ming yildan beri aslo ochilmaganiga dalolat qiladi.

Qabr yonida chaqmoq tosh va marmardan yasalgan byust ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring