Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buffon faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

Buffon faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

Foto: «mir24.tv»

«PSJ» darvozaboni Janluiji Buffon faoliyatini qachon yakunlashini aytdi, deya xabar beradi «Gazeta.ru» sayti.

«Bundan bir necha yil avval men o‘zim uchun chegara belgilab xato qilganman. 35 yoshimda faoliyatimni tugataman, deb o‘ylardim. Lekin ba’zi sabablarga ko‘ra o‘ynashda davom etishga majbur bo‘ldim. 38 yoshimda 40 yosh men uchun oxirgi chegara bo‘ladi deb o‘ylagan edim, lekin hali ham maydonga tushmoqdaman. Futboldan olti oydan keyin, bir yil yoki 10 yildan keyin ketishim mumkin. Faoliyatimni qachon tugatishimni bilishni istamayman. Qachondir bu vaqt keladi va bu kutilmaganda ro‘y beradi», – degan Buffon.

Eslatib o‘tamiz, Buffon deyarli butun faoliyati davomida o‘ynab kelgan «Yuventus» jamoasini shu yozda tark etib, «PSJ»ga o‘tgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring