Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Bayden prezident sifatida ilk matbuot anjumanini o‘tkazadi

Bugun Bayden prezident sifatida ilk matbuot anjumanini o‘tkazadi

Foto: «Politobzor.net»

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z lavozimini egallaganidan beri ilk matbuot anjumanini bugun, 25-mart kuni o‘tkazadi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Demokrat jurnalistlar bilan inauguratsiyasidan 65 kun o‘tib uchrashmoqda, odatda ungacha ishlagan prezidentlar bu tadbirni dastlabki 40 kun ichida o‘tkazib yuborishgan.

Koronavirus pademiyasi sababli Oq uyning Sharqiy zaliga atigi 30 nafar jurnalist taklif etilgan. Bayden ular asosan pandemiya, muhojirlar muammolari, Afg‘onistondan qo‘shinni olib chiqish kabi masalalarda savollar berishini kutmoqda.

Prezidentning o‘zi esa AQShda vaksinatsiyalash bo‘yicha yangi maqsadlarni oshkor qilmoqchi, deyiladi telekanal xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring