Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Istanbulda dunyodagi eng yirik aeroport ochiladi (foto)

Bugun Istanbulda dunyodagi eng yirik aeroport ochiladi (foto)

Foto: «belaruspartisan.by»

Bugun, 29 oktyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida dunyodagi eng yirik aeroport ochiladi, deya xabar bermoqda «Sabah.com».

Hozircha har yili 90 million kishini manziliga yetkazib qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladigan aeroportni bugun mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ochib beradi.

Maydoni jami 76,5 million kv.m. bo‘lgan aeroportning dastlabki fazasi ochilishi uchun 6 milliard yevro mablag‘ sarflandi. Aeroportning qolgan qismi 2023 yilgacha barpo etiladi.

Aeroport to‘liq ishga tushgach, uning 6 ta alohida uchish-qo‘nish yo‘lagi, 500 ta samolyotni qabul qila olish imkoniyati, 70 ming avtomobil to‘xtashi uchun ochiq va yopiq turargoh, 20 ming kishi uchun kutish joyi hamda har yili 200 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish salohiyatiga ega bo‘ladi.

Aeroportdan 350ta yo‘nalishga parvoz amalga oshiriladi. Shuningdek, uning 451 ta xonali yuqori texnologiyali mehmonxonasi ham mavjud.

 

Aeroportning ilk safari 31 oktyabr kuni «Boeing 777» rusumli samolyot bilan Anqaraga amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring