Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Moskvada MDHning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi, unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi

Bugun Moskvada MDHning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi, unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi

Foto: «EADaily»

Avval xabar berganimizdek, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvada MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.

Uchrashuvda 9 ta davlat: O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, va Tojikiston rahbarlari qatnashishi kutilmoqda. Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxammedovning tashabbusi bilan ushbu uchrashuvda muhokama qilinadigan mavzular kecha telefon orqali Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilingan.

Bugungi uchrashuv Qirg‘izistonning yangi saylangan Prezidenti Sooranbay Jeenbekov uchun birinchi umumiy yig‘ilish bo‘lishini takidlab o‘tish joiz. Ukraina esa anchadan beri MDH sammitida ishtirok etmayapti.

Eslatib o‘tamiz, MDH 1991-yil 8-dekabrda tashkil etilgan mintaqaviy davlatlararo tashkilot bo‘lib, unga sobiq sovet ittifoqi tarkibida bo‘lgan 11 davlat a’zo. Bular: O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina. 1993-yildan 2009 yilgacha MDH mamlakatlari orasida Gruziya ham bor edi. 2014-yil «YevroMaydon» voqealaridan keyin Ukrainani tashkilotdan olib chiqilishi haqida bir necha marta xabarlar tarqalgan, biroq mamlakat hozirgacha bu haqda rasman ariza bermagan.

MDH tashkil topgan yillarda tashkilotning barcha davlatlari rahbarlari ishtirok etgan 60 ta (45 tasi davlat rahbarlarining kengashi, 15 tasi esa norasmiy maqomda) sammit o‘tkazilgan. Shuningdek, besh marta a’zo davlat rahbarlarining yig‘ilishlari o‘tkazildi. MDH Ijroiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tadbirlarda 835 ta, shu jumladan, rasmiy uchrashuvlarda 742, norasmiy uchrashuvlarda 37 ta hujjat imzolangan. Bugungi yig‘ilishda ham qator sohalarda yangi hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring