Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun o‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatidagi janglarini boshlaydi

Bugun o‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatidagi janglarini boshlaydi

Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi. Bu haqda  MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda .

Ushbu kun doirasida saralash bahslari o‘tkazilib, unda 3 nafar vakilimiz Shunqor Abdurasulov, Bobo-Usmon Boturov va Yodgoroy Mirzayeva ringga ko‘tariladi. Ularning raqiblari:

Erkaklar:

– 64 kg: Shunqor Abdurasulov – K. Al-Ezire (Iroq) (13:45)

– 69 kg: Bobo-Usmon Boturov – B.Ganbatar (Mo‘g‘uliston) (16:15)

Ayollar:

-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva – Krishmi (Shri-Lanka) (17:30)

Bellashuvlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan taxminan olingan bo‘lib, undan avvalgi bahslar tez yakunlanishiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring