Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Paraosiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Bugun Paraosiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Shu yilning 6-13-oktyabr kunlari Indoneziyada III Paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun Jakartadagi «Gelora Bung Karno Main Stadium»da musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir mahalliy vaqt bilan soat 18:08da (Toshkent vaqti bilan 16:08) boshlanadi. Asosiy musobaqalarga esa ertaga start beriladi.

Eslatib o‘tamiz, III Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marotaba 54 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz sportning beshta turi: pauerlifting, dzyudo, o‘q otish, suzish va yengil atletika bo‘yicha bahslarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring