Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun poytaxtda yarim marafon va gala konsert bo‘ladi

Bugun poytaxtda yarim marafon va gala konsert bo‘ladi

Foto: FVV

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligini keng nishonlash, Davlat ramzlariga nisbatan hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, «Beshta muhim tashabbus» doirasida tizimda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirish, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sportni ommalashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan «Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz» shiori ostida bugun yarim marafon va gala-konsert tashkil etiladi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Tadbirning birinchi qismi bo‘lgan yarim marafonning ochilish marosimi joriy yilning 17 noyabr kuni soat 14:30da Toshkent shahrining Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasida tashkil etilib, shu yerning o‘zida marafonga start beriladi. Marafon ishtirokchilari «Xumo Arena» muz saroyi maydonida kutib olinadi hamda g‘oliblar taqdirlanadi.

Tadbirning ikkinchi qismi, Ichki ishlar vazirligining ansabli hamda mashxur san’atkorlar ishtirokidagi gala-konsert, soat 16:00da «Xumo Arena» muz saroyining ko‘cha maydonida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek «Xumo Arena» muz saroyining ko‘cha maydonida Ichki ishlar vazirligi tomonidan mazkur tadbirga bag‘ishlangan kitobxonlar sayli va idoraviy maxsus texnika vositalarining ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan tashkil etiladigan bayram tadbirlariga poytaxtimiz aholisini va mehmonlarini hamda barcha qiziqish bildirgan OAV vakillarini taklif etamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring