Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Shahram G‘iyosov Sevara Nazarxon qo‘shig‘i ostida ringga chiqadi

Bugun Shahram G‘iyosov Sevara Nazarxon qo‘shig‘i ostida ringga chiqadi

Foto: «Olamsport.com»

Avvalroq xabar berganimizdek, bugun Shahram G‘iyosov Londondagi mashhur «Uembli» stadionida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Hamyurtimizga bugungi jangda nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qiladi. G‘iyosov arenaga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxonning «Ulug‘imsan Vatanim» qo‘shig‘i ostida chiqib keladi. Sevara «Uembli» arenasida ushbu xit taronaga aylangan qo‘shig‘ini jonli tarzda ijro etadi, deb xabar bermoqda «Olamsport».

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov shu kungacha prof ringda to‘rt marotaba jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (3tasi nokaut bilan). Laguna esa 14ta jangning barchasida g‘olib bo‘lgan. O‘nta jangini muddatidan oldin yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadigan jang «UzReport» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring