Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun va ertaga kimlar dam oladi?

Bugun va ertaga kimlar dam oladi?

Bugun, 30-dekabr, barcha uchun dam olish kuni. Barcha deyilganda, 5 kunlik va 6 kunlik ish haftasidagilar nazarda tutilmoqda, deya izohladi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Shuningdek, Hukumat qarori bilan 30-31-dekabr kunlari bank, moliya hamda soliq idoralarida rasman ish kuni sifatida belgilangan. Mehnat kodeksining 157-moddasiga binoan, dam olish va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi (kamida degani, ikki hissadan ko‘proq bersa ham bo‘ladi, degani). Yoki bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin.

Ertaga, 31-dekabr – dushanba kuni, faqat 5 kunliklar uchun dam olish kuni. Haftasiga rasman 6-kun ishlaydiganlar uchun esa ish kuni hisoblanadi.

Lekin bir narsani unutmaslik kerakki, ertaga rasman «qisqa ish kuni» bo‘ladi. Mehnat kodeksining 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi (kamida degani, 1 soatdan ko‘proqqa ham qisqartirish mumkin, degani. Bu jamoa shartnomasida ko‘rsatiladi), deb yozdi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoniga muvofiq, 2019-yil Yangi yil bayrami arafasida quyidagi dam olish kunlari belgilangan:

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar uchun:

  • 30-dekabr (yakshanba);
  • 31-dekabr (dushanba) – 29-dekabrdan (shanba) ko‘chirilgan dam olish kuni;
  • 1-yanvar (seshanba) – Yangi yil bayrami;
  • 2-yanvar (chorshanba) – qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 3-yanvar (payshanba) – 5-yanvardan (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.

haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar uchun:

  • 30-dekabr – yakshanba;
  • 1-yanvar – Yangi yil bayrami;
  • 2-yanvar – qo‘shimcha dam olish kuni.

Izoh: 31-dekabr, dushanba kuni haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun, 5-yanvar, shanba kuni haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring