Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugungi Yaponiya: egasiz uylar bepul berilmoqda

Bugungi Yaponiya: egasiz uylar bepul berilmoqda

Foto: «Prian»

Yaponiyada qarovsiz qolib ketayotgan ko‘chmas mulklar tobora ko‘p onlayn-savdoga qo‘yilmoqda. Yashash uchun yaroqli holatdagi minglab uylar deyarli suvtekinga taklif etilmoqda, deb yozadi «Insider». Uyni qo‘lga kiritish uchun solig‘i va savdo agentligi xarajatlarini qoplasangiz bas, u sizniki.

Ushbu «aksiya» mamlakatda uy-joy muammosini hal qilishga qaratilgan hukumat rejasining bir qismi. Hukumatning 2013-yilgi hisobotida ko‘rsatilishicha, mamlakatda sakkiz milliondan ortiq tashlandiq uylar bor, ularning aksariyati hududlardagi tumanlarda yoki katta shaharlarning chekkalarida joylashgan. «Fujitsu» ilmiy-tadqiqot institutining prognoziga ko‘ra, 2033-yili tashlandiq uylar soni 20 milliontaga yetadi — bu mamlakatdagi har uchinchi uy egasiz qolishini anglatadi.

Yaponiyada egasiz uylar sonining «norma»dan oshib ketishi qisman aholining keksayib borayotgani bilan izohlanadi. Yoshi ulug‘ fuqarolarning vafot etishi yoinki qariyalar uyiga borib joylashishi oqibatida bo‘m-bo‘sh uylar yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorindek ko‘payib boryapti. Yana bir sababi — irim-sirimlar. Yaponlar qotillik sodir etilgan yoki egasi o‘z joniga qasd qilgan uylarda yashashdan «qochishadi».

Hatto shu darajaga bordiki, hukumat eski ko‘chmas mulklarni ta’mirlab yashashni istovchilarga moliyaviy ko‘mak berishga ham tayyor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring