Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bukmekerlar Zelenskiy va Poroshenkoning imkoniyatlarini chamalashdi

Bukmekerlar Zelenskiy va Poroshenkoning imkoniyatlarini chamalashdi

Foto: «Narodna-pravda»

Ukrainadagi saylovlarga bir kun qolmoqda va bukmekerlar ham bu jarayondan chetda turishgani yo‘q — xo‘sh, ikkinchi turda g‘alaba qozonish uchun kimning imkoniyati yuqori?

«RIA Novosti»ga «Rambler&Co»ning «Stavkalar» bo‘yicha direktori Aleksey Tkachuk ma’lum qilishicha, eng ko‘p stavkalarni ukrainalik bukmekerlar qabul qilishmoqda. Ular Zelenskiyning imkoniyatlarini Poroshenkonikidan yuqori baholashmoqda: 80 foizga qarshi — 20 foiz.

Ya’ni, masalan, Poroshenkoga ming rubl tikib besh ming yutish mumkin, xuddi shu stavkada Zelenskiyga pul tikkanlar 1 170 rublga ega bo‘lishadi.

— E’tiborli tomoni, yevropalik va rossiyalik bukmekerlar ikkinchi turda Zelenskiyning imkoniyatlarini yanada yuqori — 85 foiz va 90 foizga baholashmoqda, — qo‘shimcha qildi Tkachuk.

Bukmekerlarning bashoratiga ko‘ra, Poroshenko 35 foiz ovoz uchun kurashadi, uning bu boradagi imkoniyati 50 ga 50 deya baholanmoqda. Zelenskiy 65 foiz ovoz uchun kurashadi. Bukmekerlar saylov uchastkalariga ovoz berish jami saylovchilarning 63 foizi kelishiga ishonishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 21-aprel kuni Ukrainada yilning eng muhim voqeasi — mamlakat prezidentligi uchun saylovlarning ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari bo‘lish uchun shoumen Vladimir Zelenskiy hamda amaldagi prezident Pyotr Poroshenko kurashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring