Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bunaqasi bo‘lmagan: Chexiyada bosh vazirlikka tayinlangan shaxs maxsus kamerada o‘tirdi

Bunaqasi bo‘lmagan: Chexiyada bosh vazirlikka tayinlangan shaxs maxsus kamerada o‘tirdi

Foto: «Vinegret.cz»

Chexiya prezidenti Milosh Zeman saylovlarda g‘alaba qozongan «Birgalikda» liberal koalitsiyasi rahbari Pyotr Fialuni hukumatning yangi rahbari etib tayinladi, deb yozadi «RIA Novosti».

Marosim davlat rahbarining «Lana» qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

Koronavirus bilan kasallangan Zeman karantinda bo‘lgani uchun u maxsus devor ortida edi.

Shu bilan birga, Chexiya rahbari va marosimning qolgan ishtirokchilari o‘rtasida vizual va audio aloqa o‘rnatildi. Yig‘ilganlarning barchasi respiratorda bo‘lishdi.

Oktyabr oyi o‘rtalarida partiyasi parlament saylovlarida mag‘lub bo‘lgan bosh vazir Andrey Babish bilan uchrashuvdan so‘ng Zeman zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.

Davlat rahbari 25 noyabrgacha shifoxonada qolib, so‘ng «Lana» qarorgohiga yo‘l oldi. Biroq o‘sha kuniyoq Zemanga koronavirus tashxisi qo‘yildi va yana shifoxonaga yotqizildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring