Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bunaqasi har doim ham bo‘lavermaydi. Qishloq xo‘jaligi texnikalari narxi tushirildi

Bunaqasi har doim ham bo‘lavermaydi. Qishloq xo‘jaligi texnikalari narxi tushirildi

Foto: «demagro.com.ar»

«O‘zagrosanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati qishloq xo‘jaligi texnikalarining narxini arzonlashtirdi.

«Xabar.uz»ga taqdim qilingan «prays list»ga ko‘ra, «TTZLS-100HC» traktorining narxi 250 000 000 so‘mdan 219 000 000 so‘mga, «T-6070 New Holland» traktorining narxi 585 200 000 so‘mdan 525 000 000 so‘mga, «TD 5.110 New Holland» traktorining narxi 320 000 000 so‘mdan 259 000 000 so‘mga, LS «U 62» traktoriniki 195 000 000 so‘mdan 173 000 000 so‘mga, «2PTS-4-793A-03A» tirkamasi 34 800 000 so‘mdan 33 400 000 so‘mga tushirilgan.

Yangilangan narxlar 2018-yilning 21-noyabridan amal qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring