Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bushga tuflisini uloqtirgan jurnalist deputat bo‘lmoqchi

Bushga tuflisini uloqtirgan jurnalist deputat bo‘lmoqchi

Foto:«Wikipedia»

AQShning sobiq prezidenti Jorj Bushga Bag‘dodda tufli uloqtirib mashhur bo‘lib ketgan Muntazar Zaydiy Iroqda shu yil 12-may kuni bo‘lib o‘tadigan  parlament saylovlarida nomzod sifatida qatnashadi. Bu haqda «Hurriyet» axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘sha paytda Iroq bosh vaziri bo‘lgan Nuri Molikiy AQSh prezidenti bilan matbuot anjumani o‘tkazayotgan paytda ikkala oyoq kiyimini yechib Bushga uloqtirgan Muntazar Zaydiy shu paytgacha xavfsizlik nuqtai nazaridan xorijda yashayotgan edi.

Muntazar Zaydiy Bushga poyabzal uloqtirishi tufayli ozodlikdan mahrum qilingan. Qamoqdan chiqib Shveysariyaga borgan. U yerda uch oy yashagan. Yana qaytib Iroqqa kelgan. Iskanjalar ostida qolgan jurnalist Livanga ko‘chib o‘tgan. So‘ngra «Sairun» partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgach, yana Bag‘dodga qaytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring