Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro hokimi xalqaro olimpiada chempioniga uy qurib berishga va’da berdi

Buxoro hokimi xalqaro olimpiada chempioniga uy qurib berishga va’da berdi

Foto: facebook.com/barnoevofficial

Ommaviy axborot vositalarida xalqaro olimpiadalar g‘olibi, Qorako‘l tumanidagi 52-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Doniyor Ismoilov, oilaviy qiyinchilik tufayli vaqtini to‘liq ilm olishga sarflay olmayotgani, bo‘sh vaqtlarida va yozgi ta’tilda u non sexlarida ishlab oilasiga yordam qilib kelayotgani haqida maqolalar chop etildi.

Doniyor Ismoilov matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadalarning ko‘p karra qatnashchisi. Bolgariya, Hindistonda o‘tgan matematika bo‘yicha eng nufuzli xalqaro tanlovlarning g‘olibiga aylangan. 3 karra oltin, 2 bora kumush medal sohibi hisoblanadi.

OAVda tarqalgan xabarlarga Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev munosabat bildirib, o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida post qoldirdi:

«Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi «Qoraun» qishlog‘ida yashovchi, matematika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalar g‘olibi Doniyor Ismoilov haqida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan maqolalar shov-shuvga aylangani bor gap.

Ayniqsa, O‘zA axborot agentligi tomonidan bugun e’lon qilingan «Changgi chiqqan ko‘chalarda qolayotgan dong‘i chiqqan matematik chempion» sarlavhasi ostidagi xabar Buxoro viloyati hokimligi hamda qator mutasaddi tashkilotlari rahbarlarining e’tiborini o‘ziga jalb etmay qo‘ymadi.

Shu kuni Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev Doniyor Ismoilov hamda uning onasi Lobar Rahimova bilan uchrashdi. Joriy yilning 31 dekabriga qadar viloyat hokimligi tomonidan uy-joy qurib berilishi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan noutbuk, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan shaxsiy kutubxona yaratib berilishi belgilandi», deyiladi viloyat hokimining postida.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring