Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro tibbiyot instituti Qashqadaryodan 50 nafar abituriyentni talabalikka qabul qiladi

Buxoro tibbiyot instituti Qashqadaryodan 50 nafar abituriyentni talabalikka qabul qiladi

Foto:«Abt.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2018-yilning 9-noyabr kuni sog‘liqni saqlash masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro tibbiyot institutiga Qashqadaryo viloyatidan 50 nafar abituriyent o‘qishga qabul qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Bunda 2018-2019 o‘quv yilida respublika tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga «5510100-Davolash ishi», «555510200-Pediatriya ishi» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirgan,kirish test sinovlarida ishtirok etib belgilangan kvota asosida o‘qishga kira olmagan va kirish test sinovlarida maksimal ballning 30 foizi (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan natijaga erishgan, Qashqadaryo viloyatida doimiy yashovchi (qabul vaqtidagi yashash joyi asosida) abituriyentlar tarkibidan ballar ketma ketligini qat’iy hisobga olgan holda jami 50 nafar abituriyent, 25 nafar davlat granti va 25 nafar to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi.

Ushbu abituriyentlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tugatishi bilan Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot kadrlari yetishmayotgan tumanlarda besh yillik ishlab berish sharti bilan o‘qishga qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring