Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda gaz quvurida avariya ro‘y berdi. Qurbonlar yo‘q

Buxoroda gaz quvurida avariya ro‘y berdi. Qurbonlar yo‘q

Foto: PvBux/Telegram

Kecha, tungi soat 21:50da «Gazli - Chimkent» magistral gaz quvurining 76 kilometrida avariya ro‘y berdi. Bu haqda «O‘zbekneftegaz» tomonidan xabar berilgan.

Avariya natijasida yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga Buxoro viloyati Yong‘in xavfsizligi garnizonidan 4 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari jalb etilgan.

Mazkur avariyani bartaraf etish maqsadida quvurning ikki tomonida joylashgan maxsus berkitish moslamalarini (zadvijkalar) berkitish yo‘li bilan quvurlarga gaz uzatilishi to‘xtatildi.

Avariyani bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Avariya aholi turar joylardan 40 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lib, atrofdagi obektlarga va aholiga xavf tug‘dirmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring