Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda ikki «hojatbaror» 45 000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Buxoroda ikki «hojatbaror» 45 000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Foto: Xabar.uz

Buxoroning Romitanida tadbirkordan 45000 AQSh dollari talab qilgan ikki «hojatbaror» jinoyat ustida ushlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, fuqarolar A. X. va S. T.  «MN» MChJ rahbaridan ikkita ko‘p qavatli turarjoy qurish uchun Romitan tuman markazidan yer maydoni olib berish evaziga yuqorida qayd etilgan miqdorda pul talab qiladi. O‘z navbatida, MChJ rahbari «pul topib, aql topmagan boyvachcha» emasligini namoyon qilib, bu haqda tegishli organga murojaat qiladi.

Uning murojaati asosida Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari tezkor tadbir o‘tkazib, talab qilingan pulning teng yarmini olayotganda «hojatbaror»larni ashyoviy dalil bilan ushlashdi.

Holat yuzasidan firibgarlik (168-modda) va pora berishga urinish (28, 211-modda) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring