Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda norasmiy ishchilarni legallashtirishga qaratilgan aksiya e’lon qilindi

Buxoroda norasmiy ishchilarni legallashtirishga qaratilgan aksiya e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoro viloyati hokimligi hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi 2019 yilning 1 martidan boshlab faoliyatini qonuniylashtirgan norasmiy ishchilar, tadbirkorlar va ish beruvchilarga qimmatbaho yutuqlar topshiradigan bo‘ldi.

Aksiya jamg‘armasiga ko‘ra, 200 ta dazmol, 200 ta mobil telefoni, 150 ta chang yutgich, 100 ta elektr choynak, 100 ta mikro to‘lqinli pech, 100 ta televizor, 100 ta muzlatgich va 50 ta velosipedlar ishtirokchilar uchun sovg‘a sifatida hozirlab qo‘yilgan.

Mazkur aksiyada:

  • 2019 yilning 1 martidan boshlab norasmiy mehnat faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yangidan mehnat shartnomasi tuzish orqali qonuniylashtirganiga kamida 2 oy to‘lgan norasmiy ishchilar;
  • yangidan davlat ro‘yxatidan o‘tganiga yoki faoliyatini tiklaganiga kamida 2 oy to‘lgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
  • faoliyatini qonuniy rasmiylashtirganiga kamida 2 oy to‘lgan norasmiy ishlayotgan fuqarolarning ish beruvchisi ishtirok etishi mumkin.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyatini qonuniylashtirgan shaxs mehnat daftarchasi va pasportidan hamda yangidan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yoki faoliyatini tiklagan tadbirkorlar esa tadbirkorlik guvohnomasining nusxasini shuningdek, ish beruvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga qabul qilingan ishchilarining ismi sharifi, STIR raqami, ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bo‘yruq nusxasi viloyatning hududiy davlat soliq inspeksiyalari va aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga taqdim etilishi shart.

Ushbu aksiya adashgan va xato qilgan ish beruvchilar, tadbirkorlar hamda mehnat daftarchasisiz faoliyat yuritayotgan fuqarolarimizni to‘g‘ri yo‘lga boshlashdagi yangicha usuli bilan ham e’tiborlidir.

E’lon qilingan aksiyaning 1-turi joriy yil 5-iyun kuni, 2-turi 4-sentyabr kuni, 3-turi esa 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring