Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda og‘ufurush qo‘lga olindi

Buxoroda og‘ufurush qo‘lga olindi

Foto: «Google.com»

Giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotish bilan shug‘ullanib kelgan Buxoro tumanilik Azamat Robbanayev (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan qo‘lga olindi.

Azamat Robbanayev Buxoro shahrida yashovchi fuqaroga har bir qutisini 600.000 so‘mdan sotib berishi uchun 1 dona gugurt qutisiga qadoqlab solingan, tarkibida faol giyohvandlik moddasi mavjud, sof vazni 3,61 gm.ga teng bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasini o‘tkazish jinoyatini sodir qilgan.

«Jinoyat ustida qo‘lga olingan og‘ufurushning yonlari ko‘zdan kechirilganda egnidagi kurtkasining o‘ng tomon cho‘ntagida ikkinchi gugurt qutisiga qadoqlab solingan sof vazni 3,78 gm.ga teng bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi topildi. Qutilarga solingan giyohvand moddalarni sotish maqsadida saqlab kelayotgan kimsa qonuniy javogarlikka tortildi»,-dedi Buxoro viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili, kapitan Halim Kamolov.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Azamat Robbanayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini ozginadan ko‘proq miqdorda qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan ayblov e’lon qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring