Buxoroda «Oriyat» maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi
«Oriyat» maxsus tezkor va profilaktik tadbirlardan biri Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2021-yil 16-yanvar kuni kech soat 01:00larda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahridagi Zulfiya ko‘chasida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan yakka tartibda ishlovchi N.X. o‘zining yashash xonadonida fuqarolar Sh.Sh. va A.A.larning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga Sh.Sh. dan 100.000 (yuz ming) so‘m pul olgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-son Ichki ishlar bo‘limi tomonidan N.X. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning tegishli moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter