Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxorodagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Buxoro viloyat prokuraturasi

Aniqlanishicha, 2021-yil 4-fevral kuni 17:30 da Buxoro shahar I.Karimov ko‘chasida joylashgan «WHITE GROUP TRADING» MChJ tomonidan qurilgan 9 qavatdan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uyning 3-qavatida tabiiy gazni ulash jarayonida gazning quvurdan sizib chiqishi natijasida portlash yuzaga kelgan.

Natijada, ko‘p qavatli uyda bo‘lgan A.Mirzayev, N.Samadov va I.Sotiboldiyevlar, portlash jarayonida yo‘ldan transport vositalarida yo‘lovchi sifatida ketayotgan F.Jo‘rayeva, Sh.O‘rinova, N.Roziqova, B.Jo‘rayev, M.Mahmudova, B.Sobirova, Sh.Idiyeva, F.Yuldasheva va Sh.Asadovalar turli darajadagi tan jarohatlari olib, RShTYoIM Buxoro filialiga olib kelingan.

A.Mirzayev og‘ir, Sh.Asadova yengil va qolgan barcha fuqarolar o‘rta og‘ir tan jarohati olishgan. Hozirda ularga shifokorlar tomonidan tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Buxoro viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, yetkazilgan tan jarohatlari bo‘yicha sudga oid tibbiyot va zarar yetkazilganligi bo‘yicha sudga oid baholash hamda sudga oid qurilish texnikaviy ekspertizalar tayinlandi.

Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Buxorodagi portlashda jabrlanganlar ro‘yxati e’lon qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring