Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Budjet tasdiqlandi: bu hujjatning oldingilaridan farqi nimada?

Budjet tasdiqlandi: bu hujjatning oldingilaridan farqi nimada?

Foto: «Inform.kz»

Prezident tomonidan 2017-yil 29-dekabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaror imzolangani haqida xabar bergan edik.

Ta’kidlash joiz, bu hujjat har bir davlatda bo‘lgani kabi har yili O‘zbekistonda ham qabul qilib kelinadi. Xo‘sh, bu yilgi budjetning oldingilaridan farqi nimada? Biz ayrim jihatlarni sanab o‘tamiz.

1. Ochiqlikda va shaffoflikda. Bu xususiyatga asosan o‘tgan yili va bu yil to‘la-to‘kis erishildi. Ya’ni ko‘p yillardan buyon davom etib kelgan an’anaga barham berildi — endi budjet mavhum foizlarda emas, aniq raqamlarda ifodalanmoqda. Har bir fuqaro har bir so‘mning qanday ishlab topilib, qanday sarflanishi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘ladi.

2. Paydo bo‘lgan defitsitga barham berilganida. 2018-yilda davlat budjetining profitsiti ilk marta YaIMga nisbatan 0,02 foiz bo‘lishi kutilmoqda. 2017-yil va undan avvalgi yillarda davlat budjeti 1 foizlik defitsit bilan tasdiqlangan. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘larining 2017-yil boshidagi bo‘sh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshirilgan.

3. Ijtimoiy ahamiyati bilan. 2018-yilda ta’lim xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 22,9 foiz o‘sishi rejalashtirilgan. Mazkur mablag‘lar 260 ta maktabgacha ta’lim muassasasini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish, 157 ta muassasani mukammal ta’mirlash va jihozlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini joriy saqlash hamda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Prognoz yilda sog‘liqni saqlash xarajatlari 9,6 trillion so‘mni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 30,9 foiz o‘sgan. Tibbiyot muassasalari, birinchi navbatda, oilaviy poliklinikalarni dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yaxshilash uchun shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalariga 915,4 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

4. YaIM o‘sishida. 2018-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 5,9 foiz darajasida rejalashtirilmoqda. 2017-yilda bu ko‘rsatkich — 5,5 foizni tashkil etgan.

5. Tadbirkorlik sohasiga bosqichma-bosqich yengillik berib kelinayotganida. Xususan, aksariyat stavkalar o‘zgarishsiz qoldirilgan yoki pasaytirilgan. Masalan, benzin va dizel yoqilg‘isi iste’moli uchun soliq imtiyozlari 2018 yilda ham saqlanib qoladi.

6. Yana 0,5 foiz. Jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘i yana 0,5 foizga pasaytirilgan.

7. Aloqa to‘lovi oshdi. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab mobil aloqa xizmati ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov haqi oyiga 4 000 so‘m miqdorida belgilangan (o‘tgan yili 2000 so‘m).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring