Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegaradan 746 ming dollarni olib o‘tayotgan ikki o‘zbekistonlik ushlandi

Chegaradan 746 ming dollarni olib o‘tayotgan ikki o‘zbekistonlik ushlandi

Foto: Chegara qo‘shinlari

24-oktyabr kuni Chust tumani G‘ova aholi punktida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi orqali xorijiy valyutani noqoqonuniy ravishda olib o‘tishga uringan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deya xabar qildi DXX Chegara qo‘shinlari ma’lumotiga tayanib «Gazeta.uz».

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha xodimlari chegarachilar bilan hamkorlikda 746 ming AQSh dollarini noqonuniy olib chiqilishining oldini oldi.

Mazkur holat bo‘yicha DXX organlari «qonunchilik doirasida chora ko‘rdi», deya qayd etdi Chegara qo‘shinlari vakili.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring