Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chelyabinsk gubernatori O‘zbekistonga tashrifini samarali deya baholadi

Chelyabinsk gubernatori O‘zbekistonga tashrifini samarali deya baholadi

Foto: «Sputnik»

Chelyabinsk viloyati delegatsiyasi may oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashrifi natijalari haqida viloyat gubernatori Boris Dubrovskiy Peterburg xalqaro iqtisodiy forumda so‘zlab bergan. Bu haqda «Sputnik» yozmoqda.

Chelyabinsk viloyati gubernatori Boris Dubrovskiy boshchiligida delegatsiya 15-19-may kunlari O‘zbekistonda «Chelyabinsk viloyati kunlari» o‘tkazildi. Unda 25 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. Delegatsiya tarkibiga hukumat idora vakillari va 35 dan ortiq viloyat korxonalari kiritildi.

«Juda samarali safar bo‘ldi, bizdan katta delegatsiya tashrif buyurdi – 121 kishi, ulardan yarmidan ko‘pi Chelyabinsk viloyati biznes vakillari. Biz ishbilarmon jamiyatimiz o‘rtasida metal va qurilish materiallarini yetkazib berish masalasida hamkorlik qilishga jiddiy qiziqish borligini ko‘rdik. Ulardan esa – meva va savzavotlar, trikotaj mahsulotlari yetkaziladi», — deb ta’kidladi Boris Dubrovskiy.

Gubernator so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistoda jadal ravishda qurilish ishlari boshlanayotganligi tufayli Chelyabinsk viloyatidan respublikaga mashinasozlik mahsulotlari va kran uskunalari yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari, 2018-yilda 2016-yil bilan solishtirilganda viloyat va respublika o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi 76 foizga ko‘paydi.

«Bozor juda qiziqarli, kelgusida ushbu yo‘nalishda ish davom etadi», - deb yakun yasadi gubernator.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring