Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chempionlik maktabdan boshlanadi

Chempionlik maktabdan boshlanadi

Foto: «Xabar.uz»

Sir emas, yoshlarimiz yakkakurash turlariga boshqa sport turlaridan ko‘ra moyilroq. Boks, karate, taekvondo, muaytay yoki o‘zimizning milliy kurashimizni olasizmi, xullas, buni jahon arenalarida qayd etilgan natijalar ham isbotlab turibdi.

Yangiyo‘l shahridagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘zbek jang san’ati va aralash kurash bo‘yicha Osiyo va jahon chempionlari Jasur Serikboyev hamda Jasur Anorboyev mehmon bo‘lishdi.

Yoshlar tarbiyasida sportning o‘rni katta, deya targ‘ibot-tashviqotga zo‘r beramiz, albatta, buyam kerak, biroq mana bunday jonli uchrashuvlarning gashti boshqacha. Ne-ne polvonlarni yengib yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytgan azamatlar bilan esdalikka suratga tushgan, ularning chempionlik kamarlarini havas bilan bir marta yelkasiga tashlagan bu bolalar orasidan ham, ajabmas, kelgusida yangi chempionlar chiqsa. Bunday deyishga asos ham bor. Chunki chempionlar kelishi munosabati bilan 9-maktabda qo‘l jangi bo‘yicha yangi to‘garaklar ishga tushdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring