Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chet elga firma avtomashinasida borish mumkinmi?

Chet elga firma avtomashinasida borish mumkinmi?

Foto: Vgorode

«Biz Farg‘ona shahridan murojaat qilyapmiz. Internetdan axtarib topolmadik. Yuridik firmamizda «Neksiya» va «Kobalt» avtomashinalarimiz bor. Biz ushbu avtomashinalarda Qozog‘iston, Rossiya va Ukrainaga bormoqchimiz. Shunga qanaqa hujjatlar kerak bo‘ladi? Sizlardan iltimos, shu haqda ma’lumot bering. Bizga hamda biz kabi fuqarolarga foydali ma’lumot bo‘lib qolardi. Oldindan rahmat».

Savolga O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Nurbek Salomov javob beradi:

— Yuridik shaxslar chet davlatga yuridik firmasining avtomashinalarida bormoqchi bo‘lsa o‘zlari bilan fuqarolik pasporti hamda avtomashinaga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlarni olishi kerak. Bojxona kodeksining 160-moddasiga ko‘ra O‘zbekistonning jismoniy shaxslari bojxona hududidan tashqarida o‘zlariga notijorat maqsadlarda zarur tovarlarni va (yoki) transportlarni xorijiy davlatda vaqtincha bo‘lish muddatiga vaqtincha olib chiqishga haqli.

Ushbu moddaning birinchi qismida  ko‘rsatilgan tovarlar va transportlar ularni vaqtincha olib chiqish va bojxona hududiga qaytarib olib kirishda bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etiladi.

Agar vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va transportlarni identifikatsiyalash ularni bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etilgan holda bojxona hududiga qaytarib olib kirishga yordam beradigan bo‘lsa, bojxona organlari vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va transportlarni O‘zbekiston jismoniy shaxsining so‘roviga ko‘ra identifikatsiyalashi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring