Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chinozda «Jentra»dan pul o‘marishdi

Chinozda «Jentra»dan pul o‘marishdi

Foto: «Sputnik»

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida 14-yanvar kuni soat 10:20 da uch nafar noma’lum shaxs «Chinoz dehqon bozori» ro‘parasida «Jentra» rusumli avtoulovning himoya pultini ochib, yukxonadan 13 400 000 so‘mni o‘margan.

Tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslar ushlandi. Ular Farg‘onada yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan M.Sh., Namangan viloyatida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan M.O. hamda Buvayda tumanida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan Sh.R. bo‘lib, ularning vaqtincha ishsiz ekanliklari aniqlandi.

Hozirda mazkur ish yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring