Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chinozdagi hodisa joyiga Alisher Sultonov yetib bordi

Chinozdagi hodisa joyiga Alisher Sultonov yetib bordi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Toshkent viloyatida joylashgan paxta neft bazasida ta’mirlash ishlari vaqtida yong‘in sodir bo‘lib, uni Toshkent viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasining 14 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari bartaraf etayotgani xabar qilingandi.

Energetika vaziri Alisher Sultonov hodisa ko‘lami va uni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni bevosita o‘rganish uchun zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in bartaraf etilmoqda, paxta neft bazasi faoliyatini normal rejimda tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Yong‘in kelib chiqish sabablari voqeani chuqur o‘rganish orqali aniqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring