Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chinozlik fuqaro uyiga mehmon bo‘lib kelgan ulfatini pichoqlab o‘ldirdi

Chinozlik fuqaro uyiga mehmon bo‘lib kelgan ulfatini pichoqlab o‘ldirdi

Kecha, 4-mart kuni soat 23.30 larda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, 1954-yilda tug‘ilgan N.Toshmatov o‘z uyida, tanishi Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan, 1961-yilda tug‘ilgan T.Mirzayev bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro janjal oqibatida, T.Mirzayevning kurak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida T.Mirzayev kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. N.Toshmatov esa qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring