Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq davlat pedagogika institutining talaba qizlari Vatan himoyachilari oldida qasamyod qildi

Chirchiq davlat pedagogika institutining talaba qizlari Vatan himoyachilari oldida qasamyod qildi

Foto: Chirchiq davlat pedagogika instituti axborot xizmati

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining talaba qizlari Chirchiq oliy tank qo‘mondon muxandislik bilim yurti kursantlarini 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan tabrikladi. Bu haqda institut axborot xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi.

Uchrashuvda institut talabalari Vatan himoyachilari oldida qasamyod qilgan. Qasamyod mazmuni quyidagicha:

«Vatan himoyasi uchun qasamyod qilgan va shu qasamyodiga sodiq bo‘lgan aziz himoyachilarimiz! Vatan himoyasida Sizga kamarbasta bo‘lishga, mard o‘g‘lonlar tarbiyasiga, ayol oriyatini saqlashga, To‘marisning chinakam avlodlari bo‘lishga, vafodor yorini ardoqlashga, millat sha’ni va g‘ururi yo‘lida jon fido qilishga qasamyod qilaman!»

«O‘z xizmat burchini ado etishlarida yuraklarni larzaga soluvchi, siyratida To‘maris va Bibixonim sadaqati, zakovati aks etgan qizlarning bu qasamyodi Vatanimiz himoyachilariga behisob kuch, metin iroda, bir umrga yetgulik shijoat berdi», — deyiladi institut xabarnomasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring