Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchida poyezd yo‘lini to‘sishga chiqqanlar sudga chaqirildi

Chiroqchida poyezd yo‘lini to‘sishga chiqqanlar sudga chaqirildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida elektr ta’minotidan norozi bo‘lib, «Afrosiyob» poyezdi yo‘lini to‘sganlarning 13 nafari sudga chaqirilgani aytilmoqda.

Chiroqchi tuman «Ayritom» MFY profilaktika inspektori Ahror Do‘stqulovning ma’lumot berishicha, mazkur ish doirasida 50 nafar fuqaroga chora ko‘rilmoqda, 37 nafar fuqaroga ogohlantirish berilgan.

«Ertaga 13 nafar fuqaro sudga chaqirilgan va ularning xatti-harakatiga sudda baho beriladi», — dedi mahalla profilaktika inspektori.

Eslatib o‘tamiz, 7 iyun kuni taxminan ertalab soat 09:00 dan 10:20 larga qadar «Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli» unitar korxonasiga qarashli Ayratom temir yo‘l bekati hududida Chiroqchi tuman «Ayratom» qishlog‘i fuqarolari temir yo‘l ustiga yig‘ilganligi aks etgan video tarqalgandi. Tuman hokimi elektr muammosini bartaraf etish bo‘yicha so‘zida turmagani uchun aholi poyezd yo‘lini to‘sishga chiqqani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring