Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchilik 14 yoshli bemorning 4 nafar oila a’zosiga ham koronavirus yuqdi

Chiroqchilik 14 yoshli bemorning 4 nafar oila a’zosiga ham koronavirus yuqdi

Ayni paytgacha Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 6 nafar bemorning ahvoli o‘rta og‘ir darajada, deb xabar berdi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.

Bemorlarga viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida tasdiqlangan standart asosida davo muolajalari olib borilmoqda.

Viloyatda dastlab chiroqchilik 14 yoshli o‘smir mazkur infeksiyani poytaxtda yashaydigan qarindoshidan yuqtirib olgani qayd etilgandi, so‘ng uning 36 yoshli otasi va 16 yoshli opasi ham COVID-19 bilan zararlangani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi ikki bemor ham dastlabki bemor bilan muloqotda bo‘lgan 17 yoshli opasi va 8 yoshli ukasi hisoblanadi. 56 yoshli oltinchi bemor esa Chiroqchining boshqa qishlog‘idan, u Toshkentdagi firmada ishlagan.

Qayd etilishicha, viloyat hududida 4872 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 3338 nafari epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lmagan davlatlardan kelgan edi. Ularning 125 nafari chet el fuqarolarini tashkil etadi.

Ushbu shaxslarning 2779 nafarida 14 kunlik tibbiy kuzatuv muddati tugallanib, sog‘lig‘i qoniqarli deb topildi. 4 aprel kuni maxsus muassasalardagi 437 nafar fuqaroning barchasi karantin tugaganligi sababli yashash manziliga jo‘natilgan.

Bugungi kunda viloyat bo‘yicha 1765 nafar fuqaro koronavirusga shubha qilinib, uy sharoitidagi karantinga olingan. 328 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinda saqlanib turibdi (mazkur ma’lumotlar 2020 yil 5 aprel soat 18:00 holatida keltirilgan).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring