Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kobuldagi portlash qurbonlari soni 26 kishiga yetdi

Kobuldagi portlash qurbonlari soni 26 kishiga yetdi

Foto: «AA.com»

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi portlashlarda halok bo‘lganlar soni 26 kishiga yetdi, 95 kishi jarohatlangan.

Birinchi portlash kecha, chorshanba kuni Kobul shahri g‘arbida yakka kurash bo‘yicha o‘tkazilayotgan sport musobaqasi paytida sodir bo‘lgan. Xudkush tanasiga o‘rnatilgan bombani portlatib yuborgan, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Ikkinchi portlash birinchi portlashga yaqin joyda yuzaga kelgan. Mahalliy matbuotning yozishicha, ikkinchi portlash huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshi uyushtirilgan.

Kobul politsiyasi vakili Hashmat Stanikzayning ma’lum qilishicha, birinchi portlashda 6 nafar sportchi halok bo‘lgan, 10 kishi yaralangan.

Ikkinchi portlashda 2 nafar Afg‘oniston televideniyesining «Tolo News» telekanali jurnalisti qurbon bo‘lgan, 4 nafar muxbir yaralangan.

Portlashlarda ko‘plab kishilar tan jarohati olgan.

Yetti nafar politsiya xodimining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring