Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cho‘ntak printeri suratlarga xuddi «Garri Potter»dagi kabi «jon» bag‘ishlaydi

Cho‘ntak printeri suratlarga xuddi «Garri Potter»dagi kabi «jon» bag‘ishlaydi

Cho‘ntak printeri.

Foto: «Keddr.com»

Xitoyning «Xiaomi» kompaniyasi «XPRINT Pocket AR Photo Printer» nomli cho‘ntakda ko‘tarib yurish mumkin bo‘lgan printerni taqdim etdi. Qurilmaning o‘ziga xos jihati u xuddi «Garri Potter» filmi va kitoblaridagi kabi suratlarga «jon» bag‘ishlay oladi, deb xabar berdi «4PDA.ru».

«XPRINT Pocket AR Photo Printer»da maxsus mobil dastur yordamida olingan suratlarni chop etish mumkin. Dastur suratga olish vaqtida qisqa videoni ham tasvirga oladi. Chop etilgan suratga smartfon kamerasining ob’yektivi orqali qaralganida, displeyda suratlarga «jon» kirganini ko‘rish mumkin (ya’ni u o‘sha vaqtda videoga olingan holatni ko‘rsatadi).

«Xiaomi» kompaniyasining ta’kidlashicha, dastur suratni atiga 0,28 soniyada taniydi. Printerga «Bluetooth» yoki NFC orqali ulanish mumkin. Dasturni Android 5.0 va iOS 9.0 hamda undan yuqori amaliy tizimlar ko‘tara oladi.

Printerning o‘lchamlari 133 x 80 x 27 millimetrga teng bo‘lib, og‘irligi 237 grammni tashkil etadi. Akkumulyator sig‘imi esa 650 mA/soatga teng. Surat maxsus 54 x 86 o‘lchamidagi qog‘ozga chop etiladi. Qurilmaning narxi 63 dollar bo‘lib, suratlar chop etiladigan 20 ta varaqdan iborat jamlanma 6 dollar turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring