Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Cho‘qintirgan ota» qo‘lga olindi

«Cho‘qintirgan ota» qo‘lga olindi

Foto: palermo.repubblica.it

Italiyada Sitsiliya mafiyasi — «Koza nostra»ning 46 nafar a’zosi hamda guruh yetakchisi Settimino Mineo qo‘lga olindi. Ularning barchasi mafiyaga a’zolik, tovlamachilik, noqonuniy qurol olib yurish va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.

Mineo 80 yoshda. O‘tgan yili, bir umrga qamalgan Toto Riinaning o‘limidan so‘ng, «Koza nostra» boshqaruvi unga o‘tdi.


Mavzu doirasida

Mafiyaning 85 yoshli sobiq yetakchisi bir umrga qamaldi


Mineo Sitsiliya politsiyasiga yaxshi tanish. U mafiya ustidan o‘tkazilgan sudlovda 11 yilga qamalgandi. Ushbu sud tashabbuskori, tergovchi Jovanni Falkone 1992-yili aynan Toto Riina tomonidan o‘ldirtirib yuborilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda mafiyaning tuzilmasida muammolar bo‘lgan. Shundan so‘ng bir necha klanlar Mineoga «cho‘qintirgan ota» — yetakchi vakolatlarini berishga qaror qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring