Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Coca-cola» zavodiga talabgorlar aniqlandi

«Coca-cola» zavodiga talabgorlar aniqlandi

Foto: coca-cola.ru

«Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi, deya xabar bermoqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati.  

Unga ko‘ra, davlat ulushini sotib olish uchun qiziqish bildirgan talabgorlardan takliflar 2021-yil 15-yanvarga qadar qabul qilindi.

Qayd etilishicha, davlat ulushini sotib olish bo‘yicha agentlikka va moliyaviy maslahatchiga Osiyo, Yevropa, Amerika va Afrika qit’alari mamlakatlaridan bir qancha talabgorlarning takliflari kelib tushdi.

Talabgorlardan kelib tushgan barcha takliflar kompaniyaning ikkinchi mulkdori bilan kelishilgan holda ko‘rib chiqildi hamda sotish uchun belgilangan mezonlarga mos kelgan talabgorlar aniqlandi hamda keyingi bosqichga o‘tkazildi.

Ushbu talabgorlar bilan muzokaralar jarayoni davlat ulushini sotish bo‘yicha jalb etilgan xalqaro maslahatchilar – «Rothschild & Cie» investitsiya banki (moliyaviy maslahatchi, Fransiya) va «Dentons» yuridik firmasi (yuridik maslahatchi, Buyuk Britaniya) ishtirokida davom ettiriladi.

Mazkur bosqichda talabgorlar bilan «Oshkor etmaslik to‘g‘risidagi tegishli bitimlar» imzolanadi. Kompaniya to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar, jumladan axborot memorandumi, kompaniyaning moliyaviy hisobotlari, biznes-rejasi, yuridik, moliyaviy va soliq jihatdan o‘rganish hisobotlari ularga taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring