Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

COVID-19ga chalingan Makron boshidan kechirayotgan noxush holatlar haqida so‘zlab berdi (video)

COVID-19ga chalingan Makron boshidan kechirayotgan noxush holatlar haqida so‘zlab berdi (video)

Foto: «Global Look Press»

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron videomurojaatini e’lon qildi, unda koronavirusni yuqtirib olgandan keyingi ahvoli haqida gapirib berdi.

«Sizni tinchlantirmoqchiman, hammasi yaxshi. Menda o‘tgan kungi kabi alomatlar, ya’ni charchoq va bosh og‘rig‘i bor», — dedi u «Twitter»ga joylashtirgan murojaatida.

Siyosatchi fuqarolarga unda kasallikning kechishi haqida aytib berishga va’da berdi. Shuningdek, uni qo‘llab-quvvatlayotgan, hamdardlik bildirayotgan kishilarga minnatdorchiligini bildirdi.

Davlat rahbari o‘z faoliyatini davom ettirayotgani, faqat avvalgiga qaraganda sekinroq ishlayotganini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring