Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kuni ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kuni ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Respublika gidrometeorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ertaga 16-dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘ishi mumkin. 

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi 3-5, kunduzi 5-7 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘adi.

Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida havo harorati kechasi 3-2, kunduzi 3-8 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, tuman tushadi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yomg‘ir yog‘ib, havo harorati kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, qor aralash yomg‘ir yog‘adi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja bo‘ladi. 7-12 m/s tezlikda shamol esib, qor va yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Surxondaryo va Qshqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 5-10 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘adi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi 8-3, kunduzi 3-2 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sni tashkil etib, qor va yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring