Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ob-havo ma’lumoti: dam olish kuni chaqmoq chaqib, qor va yomg‘ir yog‘adi

Ob-havo ma’lumoti: dam olish kuni chaqmoq chaqib, qor va yomg‘ir yog‘adi

Kadr: «Youtube»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 11-mart kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi +10 ... +12 daraja, kunduzi +13 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Nukusda havo harorati kechasi -3 ... +2 daraja, kunduzi +5 ... +10, Urganchda kechasi +2 ... +7, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +12 ... +17 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +10... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +12 ... +17 daraja icciq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +5 ... +10, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +10 ... +15, kunduzi +10 ... +15 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring