Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet»: Erondan issiq havo oqimi kirishda davom etib, harorat 25 darajagacha isiydi

«O‘zgidromet»: Erondan issiq havo oqimi kirishda davom etib, harorat 25 darajagacha isiydi

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya markazi dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq antitsiklon natijasida keskin sovuq tushdi. Bugundan boshlab esa mamlakatimiz hududiga Eron tomondan issiq havo kira boshlaydi. Respublika bo‘yicha barcha joylarda ob-havo ochiq, kuchsiz shamol esadi. Kunning o‘rtasiga kelib harorat 15-18 darajagacha, janubiy hududlarda 23 darajagacha ko‘tariladi.

Dam olish kunlari respublikamizga Erondan issiq havoning kirishi davom etadi. Tungi sovuq faqat mamlakatning ayrim tog‘li va baland tog‘li hududlarida saqlanib turadi. Harorat kechasi 2-7 daraja atrofida, kunduzi 17-22 daraja bo‘lishi kutilmoqda, janubiy tumanlarda havo 25 darajagacha isiydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring