Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Damas» qizil chiroqda to‘xtamay, poyezd bilan to‘qnashdi

«Damas» qizil chiroqda to‘xtamay, poyezd bilan to‘qnashdi

Foto: fvv.uz

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga asosan, 8-oktyabr kuni soat 09:30larda Pop tumani «Uyg‘ur» qishlog‘i hududida joylashgan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasida «Damas» avtomashinasining yuk poyezdi bilan to‘qnashuvi ro‘y bergan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, avtomashina svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtamay, «Qo‘shminor-Pop-2» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan 3008-sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida «Damas» avtomashinasida bo‘lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohatlari olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring