Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat mukofotlariga taqdim etish huquqiga ega sub’yektlar doirasi kengaytirildi

Davlat mukofotlariga taqdim etish huquqiga ega sub’yektlar doirasi kengaytirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Davlat mukofotlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunga imzo chekkani haqida xabar bergan edik.

Ushbu Qonun bilan:

— davlat mukofotlarining turlari belgilab berildi («O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, O‘zbekiston Respublikasining 34 ta faxriy unvoni, 11 ta orden, 4 ta medal va O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘i);

— davlat mukofotlariga taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan sub’yektlar doirasi kengaytirildi;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat mukofotlari bilan taqdirlash tashabbusini mustaqil ilgari surish huquqi mustahkamlab qo‘yildi;

— davlat mukofotlaridan foydalanish tartibi o‘rnatildi, xususan, ularni taqib yurish, plankalardagi lentalarni va kichkina ko‘chirma nusxalarini taqib yurish, davlat mukofotlarini saqlash va ular tasviridan foydalanish tartibi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring