Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat organlarida AKTni joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi

Davlat organlarida AKTni joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi

Foto: «E-DOC»

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2017-yilning o‘tgan 12 oyi davomida 25 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida AKTni joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar mobaynida Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar hamda AKTni joriy etish va rivojlantirish yuzasidan jami 609 ta banddan iborat xulosa va takliflar davlat organlariga taqdim etilgan. Shu bilan bir qatorda, aniqlangan bir qancha kamchiliklar davlat organlari tomonidan o‘rganish davrida bartaraf etilgan.

Shuningdek, mazkur xulosa va takliflar bo‘yicha davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan hamda unda belgilangan vazifalarning o‘z muddatida hamda sifatli bajarilishi Inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring