Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DSQ AKTni joriy etish va rivojlantirish samaradorligi bo‘yicha reytingda 1-o‘rinni egalladi

DSQ AKTni joriy etish va rivojlantirish samaradorligi bo‘yicha reytingda 1-o‘rinni egalladi

2018-yil IV choragi yakunlari bo‘yicha 104 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish samaradorligi reytingi o‘tkazilib, unda Davlat soliq qo‘mitasi eng yuqori ko‘rsatkich (98,44 ball) bilan 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmat xabar berdi. 

Davlat organlari faoliyati to‘rtta asosiy ko‘rsatkichga muvofiq baholandi:

  1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organi faoliyatida rasmiy veb-sayt va interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish darajasi;
  2. Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari darajasi;
  3. Axborot xavfsizligi darajasi;
  4. Tashkiliy jihatdan baholash.

Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini baholashda quyidagi mezonlar muhim o‘rin tutdi. Jumladan,

– rahbariyat tomonidan AKTni rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi;

–soliq organlarida telekommunikatsiya holati, moddiy-texnika resurslarining tartibga solinganligi va axborot xavfsizligining ishonchliligi;

– Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va soliq organlaridagi dasturiy mahsullar, idoralararo o‘zaro hamkorlik tizimlarining uzluksizligi va samaradorligining yuqoriligi alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Shuningdek, qo‘mitaga berilgan umumiy 98,44 ballning 60 foizi rasmiy veb-sayt va soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Endilikda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan mazkur yo‘nalishda rasmiy saytni foydalanuvchilarga yanada qulay bo‘lishi uchun modernizatsiya qilish, smartfonlar uchun mo‘ljallangan mobil ilovani va maxsus telegram botni ishga tushirish, onlayn nazorat kassa mashinalarini hamda elektron hisobvaraq-fakturalarni amaliyotga keng joriy etishda zamonaviy AKTning eng so‘nggi yechimlaridan unumli foydalanish maqsad qilingan.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring