Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

STIR berish va boshqa talab yuqori xizmatlar 1-sentyabrdan barcha DXMlarda ko‘rsatiladi

STIR berish va boshqa talab yuqori xizmatlar 1-sentyabrdan barcha DXMlarda ko‘rsatiladi

Foto: «President.uz»

2018-yilning 1-sentyabridan jismoniy shaxslarga STIR berish va bir qator aholi talabi yuqori bo‘lgan xizmatlar barcha davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etila boshlanadi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi davlat xizmatlari markazlari jami soni 201 ta bo‘lib, ular tomonidan 2018-yil 1-sentyabrdan taqdim etiladigan xizmatlar:

  • Tug‘ilganlikni qayd etish;
  • Adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish;
  • FHDYo va notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish;
  • Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish;
  • Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliq va boshqa qarzi yo‘qligi (borligi) haqida ma’lumotnoma berish;
  • Jismoniy shaxslarga STIR (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami) berish;
  • Manzil-ma’lumot axborotlarini berish.

Shu paytgacha yuqoridagi xizmatlar sinov tariqasida Namangan, Nukus, Andijon, Termiz, Kogon, Zarafshon, Shahrisabz, Qo‘qon shaharlari, Do‘stlik,  Pastdarg‘om, Sirdaryo, Chirchiq, Xonqa tumanlari, Toshkent shahrining Yunusobod tuman davlat xizmatlari markazlarida joriy etilgan edi. Endi esa barcha 201 ta markaz orqali bu xizmatlardan mamlakatimizning barcha aholisi foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring