Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat xizmatlari agentligi jurnalistlarni ishga taklif etadi

Davlat xizmatlari agentligi jurnalistlarni ishga taklif etadi

Фото: «Xabar.uz»

Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limiga jurnalistlarni ishga taklif etmoqda.

Nomzodlardan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni, Davlat xizmatlari markazlari orqali yaratilayotgan qulayliklar mazmunini kreativ va innovatsion yondashuv asosida aholiga yetkazish, rus va o‘zbek tillarida huquqiy tushuntirishlar tayyorlash, konsepsiyalar, press-relizlar yozish va boshqa shakllardagi huquqiy targ‘ibot ishlari talab etiladi.

Nomzodlar oliy jurnalistik ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.

Ish beruvchi tomonidan munosib maosh to‘lanishi hamda xizmat vazifalari lozim darajada bajarilganda adliya organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan martaba darajalari berilishi kafolatlangan.

Nomzodlardan o‘zlari haqidagi ma’lumotnomani (rezyumeni) info@davxizmat.uz yoki press.davxizmat@mail.ru elektron pochta manziliga  yuborishlari so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring