Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlatga topshirilgan sholi puli tadbirkorga undirib berildi

Davlatga topshirilgan sholi puli tadbirkorga undirib berildi

Foto: «Sputnik»

Nukus tuman hududida faoliyat yuritayotgan «Mambet» MChJga tuman hokimining 2018-yil 18-iyundagi qarori bilan 32 ga yer maydonga sholi ekish uchun reja belgilab berilgan. Fermer belgilangan reja bo‘yicha sholi yetishtirgan va 2018-yil 4-oktyabr kuni «Qoraqalpoqdonmahsulotlari» AJ bilan 32 gektar yer maydonga 38,4 tonna davlat extiyojlari uchun sholi urug‘larini xarid qilish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomasini tuzgan hamda shartnomaga asosan davlatga 38,4 tonna sholi topshirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tuman bo‘limi aniqlashicha, tuzilgan kontraktatsiya shartnomasi bo‘yicha «Mambet» MChJga «Qoraqalpoqdonmahsulotlari» AJ tomonidan shartnoma pullari o‘tkazilib berilmagan.

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning «Xabar.uz»ga xabar berishicha, ushbu holat o‘rganib chiqilib, «Mambet» MChJ tomonidan topshirilgan 129 million 127 ming 148 so‘m urug‘lik sholi pullari «Qoraqalpoqdonmahsulotlari» AJdan undirib berildi va amaliy yordam ko‘rsatilib, tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring